avatar
Куч
1.28
Рейтинг
+0.48

Мақолалар

Mening bobom bugun mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom bugun  mahallamiz  faxri.
REJA:
 1. 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”.
2. Mening  bobom  oilamiz  va yurtimiz faxri.
3. Mehribon ota, matonatli  va irodali inson.
4. Keksalar qo’llarin duoga ochsa.
5. Xulosa. Bobomga o’xshagim kelar. 
         Siz duo  qilsangiz, bo’lgay ijobat,
         Gullar  izingizda  fayz-u  barokat.
         O’zingiz donishmand, so’zingiz hikmat,
         Davr keldi-qandingiz uring,  keksalar
         Qarilik  gashtini  suring, keksalar.
                                      (Zohidjon Olov)
        

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.
Reja
1. Keklarimiz – azizlarimiz
2. Mehrimizning jon rishtalari, uyimizning farishtalari
3. Kaftlarida tabarruk duo, ko’zlarida nurli bir dunyo
4. Davlatimizning moddiy va ma’naviy ardog’ida e’zoz topgan nuroniylar
 
Bahrdan qatrag’a ta’zim ila tahsin ko’rdim,
Mehrdin zarrag’a e’zoz, ila ehson topdim.
                                        ( A. Navoiy)
Keksalarimiz – el yurtga xizmat qilgan va shunga mos iltifotga, yaxshi gapga,       hurmat- izzat, e’zozga munosib ota-onalarimiz. Ular yoshligini shu aziz vatan xizmatiga bag’ishlangan, farzand-nabiralarini tarbiyalab, voyaga yetkazib, uyli-joyli qilib, yaxshi-yovon kunlari, hayot nimaligini, odam qanday yashashi kerakligini bilib sinagan xonadonlar fayzi,farishtasi  Keksalarimiz bir umr mehnat qilib,to’plangan moddiy va ma’naviy sarmoyalari rohatini ko’rib yashashga munosib azizlarimizdir.Mustaqillik yillari keksalarning umri 6-7 yilga uzaydi.Shuning uchun ham ular shodu mamnun shuning uchun ham ular duolar qilib yashashmoqda.Duoda esa gap ko’p.Keksalarni e’zozlash –azaliy milliy fazilatlrimizdan  bo’lib hurmat-izzat,e’tibor, e’tirofdan ham yuqori turadi.Chunki bizda keksalar ko’cha-kuydami, to’y-ma’rakadami, bozoru  mahalladami,duch kelgan keksa kishi, tanishmi – notanishmi, e’zozlangan.
Otaxonlarimiz daraxtlar bilan sirlashib, tuproq bilan tillashib, mehr bilan yondoshganlari bois  hovlilar ko’rkam, onaxonlarimiz qo’llaridan ko’kargan gullar uylarimizni bezab turibti.Keksalarimiz inson ulug’zot u tabiatning bir bo’lagi va hamisha mehr-muhabbatga tashna e’zozga muhtoj hamda loyiq ekanligi  har bir daqiqada his qilishadi.Mening ham bobom va  buvim bor. Bobojonim xoji otalar.Ularning qullari doimo duoda. Buvimning esa shirin, mehrli so’zlari qaynoq qalbimni eritib yuboradi.Ular menga yaxshi bilan yomonni farqlay bilishni, doimo shirin so’zda bo’lishni va insinlarni doimo hurmat qilishni o’rgatib kelmoqdalar.Men bobom va buvimga o’xshashni juda ham hohlayman. Ularni yuzlaridan doimo nur yog’ilib turadi.Men ularni juda ham yaxshi ko’raman.  Yurtboshimiz ma’ruzasida ta’kidlanganida keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan.Haqiqatdan ham keksalarga hurmat xalqimizning azliy ibratli qadiryatlaridan hisoblanadi.
Mehrimizning jon rishtalari uyimizning farishtalari onaxonlarimiz, otaxonlarimiz. Kaftlarida tabbaruk duo, bizga intiq ko’zlarida nurdan yaralgan bir dunyo bor. Bugungi dori lamon kunlarimiz ularning mehnati, harakatlari samarasi. Hayotda chekkan mashaqqatlarining surati yuzlarida ajin sifatida aks etgan bo’lsa-da, ularning hayot yo’llarni yutuqlar to’ldirib turibdi.Xalqimizda “Yomg’ir bilan yer,duo bilan el ko’karar” degan maqol bor.Qo’llarini duoga ochib yaratganidan davlatimiz tinchligi, farzandlar omonligini surayotgan azizlarimiz  bizning boyligimizdir.Ular bilan bizga bayramlar,to’ylar,tantanalar ta’tiydi.
Haqiqatdan ham qaysi mamlakatda nuroniy otaxon yoki onaxon bo’lsa bu yurtda,albatta,fayz-u baraka farovonlik,ahillik bo’kishini barchamiz yaxshi bilamiz.Bir so’z bilan aytganda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili”deb nomlanishi global ma’naviy tashabbus. Dunyo Ozbekiston avvaldan qatiy belgilab olgan o’z mustaqil taraqqiyot yo’lining besh tamoyiliga sodiq jumladan, kuchli ijtimoiy siyosat ustuvor,inson manfaatlari va qadri yuksak sanaladigan davlat ekanligi yana bir bor amin ,bo’ldim.Chunki bizning keksalarimiz farzandi,nabiralari quchog’ida.                     Ming shukurki bizning halqimizda o’ziga xoslik bor. Keksalarimiz bizni bir hafta ko’rishmasa bir yoshga qarishadi.Mehrning manzili – diydordir. Yaxshiyamki,bizning baxtimizga keksalarimiz bor.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman98-umumiy o’rta ta’lim maktabining9-sinf o’quvchisi Alimardonova Malikaning Mening bobom, buvimmahallamiz
faxri mavzusida yozgan inshosi.
Tel: +99875-522-55-71
 
 
 
                                                               

«Мои бабушка и дедушка – гордость махалли»

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
СОЧИНЕНИЕ
«Мои бабушка и дедушка – гордость махалли»

“Старики в доме — богатство”
Народная пословица
План:
1. Наша любимая и красивая махалля
2. Я люблю бабушку и дедушку.
3. Ради нашего будущего......

Я, Алиев Зиёвуддин, учусь в 9 классе школы № 88 города Шахрисабза. Живу в махалле «Зиёкор». «Зиёкор» это её новое имя. Раньше назывался «Сагдий». Жители нашей махали очень дружные, счастливые, трудолюбивые. Наша улица называется «Обод турмуш». В этом году в нашей махалле началось строительство. В махалле есть детский сад, школа, стадион, в чайхане идут старики, в том числе и мой дедушка.
Мой дедшука ветеран труда. Бабушка – пенсионерка. Она самая красивая и добрая на свете. Я очень люблю и уважаю их, помогаю им. В каждый праздник мы поздравляем их. Я горжусь бабушкой и дедушкой. День
9 – мая памяти и почестей. В этот день мы с друзьями навещаем ветеранов Великой Отечественной войны. Каждый год мы отмечаем этот святой праздник. И не перестаём благодарить наших прадедушек ветеранов этой ужасной войны за их храбрость, отвагу невероятную волю к свободе и стремление к победе ради нашего будущего.
Война затронула практически каждую семью нашей страны. На войну из Узбекистана ушло 1,5 миллиона человек, а население его в 1941 году составляло 6 с половиной миллиона.

На фронт ушло практически всё взрослое мужское население страны. А к нам было эвакуировано около миллиона человек, среди них 230 тысяч детей из России, Украины, Белоруссии... Ведь сколько людей и детей – сирот приютил Узбекистан в годы войны! Ужасы войны никогда не должны повториться!
А я подумал, сколько же бед и горя выпало на детей тех военных лет!
Это и голод, и расставание с родителями, тяжёлый труд где — то в тылу, на оборонных заводах. Мы скажем спасибо нашим прадедушкам, прабабушкам за то великое дело, за подвиг, которые они совершили во имя свободы на земле. Вы сохранили мир!
9 Мая
Волнуются парни
В солдатском строго,
Глядя
На седых ветеранов.
Ведь это они
Защитили страну
В огне боевых ураганов.
Сегодня им почести
Все воздают,
Улыбки сердечные дарят.
И россыпь огней,
И могучий салют
Слились в честь
Девятого мая.
Ученика 9 «В» класса среднеобразо –
вательной школы №88 города
Шахрисабза Кашкадарьинской
области, проживающей на улице
Обод турмуш № 15, Алиева Зиёвиддина
Телефон: +99891 – 952 – 54 – 98

Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim — mahallamiz faxri
Reja:
1.     2015-yil keksalarni e’zozlash  yili deb e’lon qilindi.
2.      Qarisi bor uyning parisi bor
3.     Buvimning o’gitlari biz uchun tarbiya maktabi
4.     Keksalarimiz yurt  fayzi
Keksalarni e’zozlash va ularga mehr-shavqat ko’rsatish barchamizning burchimizdir.
I.Karimov 
         Muhtaram prizedentimiz tomonidan 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Bunda keksalarimizga yaxshi  mehr va e’tibor qaratib ularga qo’limizdan  kelguncha yaxshiliklar qilishimiz kerak. Axir bizning yoshlik chog’imizdanoq bizga bor mehr-muhabbatim berib bizni yaxshi  bo’lishga undaydilar. Biz buvajonlarimizga  qo’limizdan  kelguncha mehr va muruvvat ko’rsatib ularni e’zozlashimiz kerak. Ularning yumushlarini yengil qilishimiz, og’ir yuk ko’tarib ketayotganlarida  ularga yordam qo’limizni cho’zishimiz kerak. Yuz-ko’zini taqdir yo’llarining soyasi, ajin qoplagan bunday momo va bobojonlarimizning  yuz-ko’zlarida hamisha mayuslikni emas, balki ularning yuz-ko’zlarida hamisha quvonch ko’rishimiz kerak. Og’ir, bosiq har bir so’zida ming-ming ma’no mazmun yashirin. Ular bilan suhbat olib borganimizda, ularni boshidan o’tgan kunlarni birma-bir so’zlab bersalar, insonning ko’zida yosh keladi. Buvajonlarimiz bizga: Tinchlik eng ulug’ ne’mat. Tinchlikni qadriga yetinglar-deydilar. Dunyodagi eng arzon, ammo o’ta e’zozli sovg’a nima ekanligini bilasizmi? Bu mehr! Uylab qarasak, insoniyat uchun hayotdagi eng  qimmatbaho, qadrli  narsalarning hammasi tekin, ya’ni beminnat, sog’lik,  do’stlik, mehr-muruvvat… Ushbu nematlar borki, begona insonlar  bir-biri bilan qadrdonlashadi. Mehr degan tuyg’u bois ongsiz, yirtqich hayvonlar ham o’z bolasini avaylab – asraydi: Hayvonlardan qushlargacha, baliqlardan giyohlargacha, barcha-barchasi Mehr degan tuyg’u sabab bir-birini e’zozlaydi. Tabiatning eng oliy zoti bo’lmish inson uchun esa mehrning qadri bulakcha. Bu e’zoz tuyg’u sabab, ko’pincha biz birovlar yonidan befarq o’tib ketolmaymiz. O’gir yuk ko’targan yoshi-ulug’ kishiga yordam qo’lini cho’zishimiz kerak. Axir inson dunyoga kelibdiki o’zidan faqat yaxshi nom qoldirib  umr o’tkazishimiz kerak, deb bizga  ta’kidlaydilar. Hayotning o’zi bir maktab. Uning saboqlarini olgan inson esa donishmanddir. Biz yuqorida aytgan so’zlarimizga ko’ra o’zimizdan kattalarga hurmatda bo’lib bu ulug’ zotlarni e’zozlashimiz kerak. Ular bizga qanday mehr-muruvvat ko’rsatsa, biz bunga javoban  ularni e’zozlashimiz kerak.
         Qarisi bor uyning parisi bordir. Bu so’z zamirida  biro lam ma’no bor. Chunki qariyalarimiz bizga bor mehrini  berib bizga barcha narsani, ya’ni oq-u  qorani ajratishni o’rgatib borganlar. Qariyalarimiz uchun bepul sanatoriyalarga jo’natish yo’lga qo’yilgan. Ular u  yerda borib dam olib kelishadi. Qariyalarimiz boquvchisini yo’qotgan bo’lsa, ularga juda kuchli mehr-muruvvat ko’rsatiladi. Ularning holidan tez-tez borib xabar olib, ularni ko’nglini kelishadi. Qariyalarimiz juda ham mehrga, shirin so’zga zor bo’lishadi, desak yanglishmaymiz. Ularni har doim asrab avaylashimiz kerak. Ularni diliga  hech qachon  ozor bermasligimiz kerak.  Ular bizga yoshligimizdan yaxshi bo’lishga hamma-hammaga  yaxshilik qilishga undaydilar. Buvijonlarimiz yosh qizlarga yoshlik chog’ida turli hunarlarni o’rgatib borishgan. Qarisi bor uyning parisi bor, degan  naqlning paydo bo’lishi ehtimol  sochlariga  oq oralab, qo’liga aso tushgan bobo, momolarimizning farzandlari va nevaralari uchun ibrat timsoliga aylanayotgani  bilan ham bog’liq emasmi? Keksalik davriga yetgan kishining holatini ko’zatamiz.uning hatti-harakatlari sustlashgan yuz-ko’zi horg’in, tetikliklariga bir nazar tashlasak, ularni juda ham xursand holda ko’rishni barchamiz uchun hamisha  xushkayfiyat  bag’ishlaydi: Ular borki, xonadonimiz fayzli, ular borki yuzimizda quvonch. Ularni har doim qadriga yetishimiz kerak. Chunki, ular biz uchun juda qadrli insonga aylanib ulgurishgan. Keksalarimiz faxrimiz, har bir avlod  rishtalarini bog’lab kelayotgan, uni mustahkamlash uchun bor kuchu g’ayratlarini ishga soladigan buyuk zotdir. Ular kuchli mehrga, e’tiborga sazovordirlar.
         Buvimning o’gitlari biz uchun tarbiya maktabi deganda, biz buvijonlarimizdan olayotgan saboq va o’gitlarni bir yodga olsak. Bularning bari bunda mujassam bo’ladi: Ular yosh qizchalarga turli hil ertak, rivoyatlar o’rgatadilar. Har  xil hunar turlaridan saboq beradilar. Masalan, kashta tikish, uy ro’zg’or ishlari deysizmi bularning barchasi boshidan, erinmay qunt bilar o’rgatadilar. Buvajonlarimiz esa o’g’il nabiralariga duradgorchilik, ustachilik va turli yo’nalishlarda saboq beradilar. Ular bizga bergan tarbiyalari tufayli biz kelajakda o’z o’rnimizga ega bo’lamiz. Ular ko’rsatgan yo’ldan borib turli yutuqlarga erishamiz. Ularni  har bir gapi biz uchun tarbiya maktabidir. Ularni har qancha e’zozlasak shuncha oz. Ular uyimizning farishtasi demakdir. Ular borki har bahor uyimizga qaldirg’ochlar qanot qoqib kelishadi. Uyimizga fayzu Baraka olib kelishadi. Bu zotlarning yuzidan hamisha nur yog’ilib turadi. Ular bilan hamisha xonadonimiz to’lib turadi. Dasturxonimiz to’kin  sokin bo’ladi. Ular duolari bilan biz o’ylagan ishlarimizga, maqsadimizga erisha olamiz. Ular hamisha duolarida  Yurt tinchligi, hamisha dasturxonimiz to’kin bo’lishini, barchaga sog’liq, salomatlik tilab ertayu kech duoga qo’l ochadilar. Bobojonlarimiz bog’da ishlab mo’l-u ko’l hosil yig’ib olishga sazovor bo’ladilar.  Buvijonlarimiz esa  qizlarimizga saboq, tarbiya, go’zal odobo’rgatadilar. Ular bizga o’zimizdan kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lishni  o’rgatadilar. Yonimizdan bizdan katta yoshli insonlar o’tganda salom berishni o’rgatadilar. Shuning uchun ham ularning har bir gapi biz uchun tarbiya maktabi:
Nima ham der edik bu hayot ekan,
Inson umrin yashab o’tar olamdan
Hikmat shul erurki faqat yaxshilik
Go’zal xotiralar qolur odamdan
         Keksalarimiz yurt fayzi: biz ularni yurtimizda yashab o’zlaridan esda qolarli nom qoldirganlarida ular yaxshi nom bilan yaxshi so’zlar bilan eslaymiz. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan 2002-yil “Qariyalarni qadrlash yili”deya  nom berilgani hali ko’pchilikning hotirasidan ko’tarilmagan bir pallada, oradan roppa rosa o’n uch yil o’tgach, bu tashabbus va ezgu harakatga yanada keng yo’l ochildi: Yurtimizda hafsizlik va osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy  jihatdan rivojlantirish, mustaqillikni ta’minlash bevosita va bilvosita katta avlod vakillarining sayi-harakatlari va ulushiga borib taqaladi. El yurt manfaati uchun halol mehnat qilibkelayotgan bu insonlar ayni paytda Vatanimiz kelajagi uchun hizmat qiladigan farzandlarni ham tarbiyalab voyaga yetkazdilar. Yillar osha donishmandlik fasliga sog’-omon yetib kelgan nuroniy, munis otaxon va onaxonlarning jamiyatimiz faxri oilamiz charog’boniga aylanayotganini asl siri ham shunda. Keksalik davri inson hayotining muhim bosqichi bo’lib, turli kasb-korga faoliyat ko’rsatgan odamlar uchun falsafiy bekatdir. Xayoti mobaynida jamiyat ravnaqi,oilasi faravonligi uchun qilgan, halol mehnati, uni holis tarzda o’z farzandlari, yaqinlari, hamkasblari, mahalladoshlariga  uzatish davrini donishmandlikka, faylasuflikka qiyoslash mumkin. Keksalarimiz yurtimiz tarixi desak yanglishmaymiz.
         Xotira ulug’ qadriyat. 9-may kuni barcha insonlar urushda halok bo’lgan yurtdoshlarimiz qabriga borib ularni ziyorat qilib kelishadi. Ular o’z Vatani uchun o’z jonini fido qilgan buyuk insonlardir. 9-may keksalarimiz holidan xabar olamiz. Yana 9-may kuni Mustaqillik maydoniga u yerdagi Motamsaro ona haykali poyiga gullar quyiladi. Hamma joylarda 9-mayga atab har xil tadbirlar o’tkazilib,dunyodan o’tgan barcha insonlar xotirlanadi. Vatan uchun o’z jonini fido qilgan insonlar hamisha qalbimizdadirlar. Ularelim deb, yurtim deb yashagan insonlar. Bu kunda barcha hamma joylarni toza-ozoda qilib qo’yishdi. Ko’chalarga suvlar sepilib yaqin insonlar qariyalar holidan xabar olgani ularni ziyorat qilgani kelishadilar.
Shahrisabz tumani 47-umumiy o’rta ta’lim maktabining 8- b sinf o’quvchisi G’aniyeva Lenora  
O’qituvchi: Jabborova Barno  
 
Tel +998916416830

Mening bobom—mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom—mahallamiz faxri.
Reja:
1.Qarisi bor yurtning fayzi bor.
2.Bobomning nasihatlari.
3.Keksa bor el obod,yurt obod.
4.Keksalarimiz hamisha el ardog’ida.
O’zbekiston deb atalgan shu tabarruk zaminga
ezgu niyat bilan bir nihol ekmoqchi bo’lsak,uni
aynan shu bugun ekishimiz kerak.
                                                                                                                    (I.A.Karimov).
O’zbekiston!Ollohning nazari tushgan bu ko’hna zaminning har bir fuqarosi o’zidan yoshi ulug’ kishilarni hurmat qilib,ayniqsa,keksalarimizga qo’llaridan kelgancha mehr-muruvvat ko’rsatishadi.Prezidentimiz tashabbusi bilan 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” ,deb e’lon qilindi. Hozirgi kunda keksalarimizga davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Sahardan turib mehnatkash,qadoq qo’llarini duoga ochib Ollohdan hamisha yurtimiz tinchligini,osmonimiz musaffoligini,yoshlarimizning istiqboli porloq bo’lishini so’rab,nuroniy otaxonlarimiz va onaxonlarimiz bizning  kelgusi hayotga bo’lgan ishonchimizni yanada orttiradilar. Keksalarimizning nur yog’ilib turgan muborak yuzlaridagi ajin,aslida,ajin emas,balki taqdirning bir hikmatidir. Keksalarimizni keksa deyishga ham botina olmaymiz ba’zida.Ba’zi keksalarimiz borki,yoshi sakson-to’qsondan oshgan bo’lsa ham dehqonchilik va bog’dorchilikni shu darajada gurkiratib yashnatib qo’yishganki, ko’rib hayratdan lol qolamiz.Hatto haqiqiy dehqon yoki bog’bon ham shunchalik mehnatning ko’zini bilib,gurkiragan bog’ yarata olmaydi,deb hayratlanamiz. Keksalarimiz tashqi ko’rinishidan qariganga o’xshab ko’rinishadi. Lekin ularning hamon belidan quvvat,ko’zidan nur,mehnat- sevar qo’llaridan kuch ketmagan. Keksalarimiz bilan biroz fursat suhbatlashib qolsak,ular bizga hamisha a’lo o’qishimizni,kelajakda vatanparvar,yurt koriga yaraydigan asl farzandlar bo’lib yetishishimiz uchun ko’proq o’z ustimizda ishlab, harakat qilishimizni, hamisha olg’a intilishimizni,mag’lubiyatdan nariroqda, g’alaba sari yaqin yurishimizni uqtirishadi. Keksa ota-yu onaxonlarimizdan urush haqida so’rasak, ular biroz jim bo’lib qolishadi. Urushning acchchiq xotiralarini birma- bir eslab oladilar. Bizga esa ba’zilarini  aytib beradilar-da, hozirgi mustaqil diyorda yashayotganimiz uchun shukronalar aytib,ona zamin tuprog’ini ko’zlariga surtib qo’yishadi. Urushning dahshatli kunlari hamon ularning yuragidan o’z dog’ini o’chirmagan.
Yoshlikda zahmat chekib ilm o’rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasandeydi bobomlar. Mening bobomni Ravshan ota deyishadi. Mahallamizning faxri,oilamizning ardog’ida bo’lgan bobom har bir insonga to’g’ri yo’ldan yurishni, bir ish boshlashdan avval kattalar bilan maslahat qilishni, eng avvalo,”Bismillohir  Rahmoni Rahim”deb ish boshlashlarini uqtiradilar. Besh mahal namozni kanda qilmaydigan, ko’zlaridan, yuzlaridan tabassum arimaydigan, hamisha tabassumlaridan hikmat o’qisa bo’ladigan bobomizning yoshlari yetmishga yaqinlashib qoldi. Shunday bo’lsa ham, ular mehnatkash, soddadil,samimiy insonlar. Bobom yetishtirgan mevalar mahallamizning har bir kishisiga manzur bo’ladi. Yaxshidan bog’ qoladi,deganlaridek,bobom o’nlab va ,hatto, yuzlab daraxtlarni yetishtirib,mevalarini qo’shnilarga, o’tgan-qaytgan kishilarga in’om etadilar. Bundan esa mahallamiz fuqarolari xursand bo’lib, bobomning yoshlariga yana yuz yosh qo’shilishini niyat qilishadi.
Men, ko’pincha, bo’sh vaqtimda bobomning huzurlariga biror narsani bahona qilib boraman. Chunki bobomning suhbatlaridan ko’nglim yayraydi,fikrlash doiram kengayganday bo’ladi, nazarimda. Bobomning menga aytib bergan hikoyalarining soni salmog’idan ko’p.Har bir savol berganimda javob tariqasida ikkita,uchta hikoyani aytib beradilar va oxirida xulosa bildiradilar.Bir kuni bobomdan nega besh mahal namozni kanda qilmasliklarini va  Ro’za-namoz bayramlarida o’ttiz kun ro’za tutishlarini so’ragan edim.Bobom shunday javob qaytardilarki, mening ham qalbimda Ollohga bo’lgan ishonchim,mehr-sadoqatim yanada ortib ketdi.Bobom yoshlikda xato qilgandirman, kimningdir diliga ozor yetkazgandirman, bilmasdan muqaddas narsalarni isrof qilgandirman, mana shu xatolarimni yuvish uchun ham, u dunyoda savobim gunohimdan og’ir kelishi uchun ham ,avvalo,Ollohga bo’lgan ishonchim, sadoqatim cheksiz ekanligidan ,faqat Ollohga sig’inganligim uchun ham besh mahal namozni kanda qilmayman, deb javob qaytardilar.
Bobomning aytishlariga qaraganda, bobmning otalari urushga qatnashib, qahramonlarcha tirik qolgan. 1947-yilda bobm dunyoga kelganlar.Urush 1941-1945-yillarda bo’lib o’tgan. Demak, bobomning otalari urushdan sog’-omon qaytganlar. Vatan uchun jonlarini fido etib, haqiqy vatanparvar insonning farzandi ekanligimdan benihoya mamnunman, deya faxr ila g’ururlanib gapiradi bobom.Bobom mahallamizdagi obro’li otaxonlardan biri.Bobom tabiatni asrashimizni har bir o’simlik yaprog’ini avaylashimizni uqtiradilar.Chunki tabiatni asrash—kelajakni asrash deganidir.Bobom har yili bahorda ko’chat ekadilar.Bobo, nega buncha ko’chat ekasiz,deb savol bersak,bobom qancha ko’p ko’chat eksang,shuncha ko’p rahmat eshitasan,kelajakda odamlar mana shu daraxtlar soyasida dam olib,mevalaridan lazzatlanishadi va senga rahmatlar,tasannolar aytishadi,deb tushintirdilar.
Bizning  mamlakatimiz -serquyosh o’lka.Bu qutlug’ zaminning keksa-yu navqironlari mustaqil diyorda kamolga yetayotganliklaridan behad mamnun ekanliklari ularning yuz-ko’zlaridan sezilib turadi.Yurtimiz kundan –kunga chiroy ochib,eng rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin egallashi uchun harakat qilinmoqda.Yurtimiz keksalari yoshlarga milliy g’urur, milliy or nima ekanligini,o’zga yurtlarda arzimagan qog’oz pullar uchun O’zbekistonning g’ururini yerga urib,erishgan yutuqlarini oyoqosti qilib yurgan manqurtlarning bu foniy dunyoning eng dahshatli azob-uqubatlariga duchor bo’lishini,ularning nafaqat bu dunyoda,hatto u dunyoda ham hayvondan farqi qolmasligini tushintirib kelishadi.Ammo ba’zi vatanfurushlar borki,ularni Navoiy bobomiz aytganlaridek,qancha tarbiya qilmaylik,baribir inson qiyofasidagi mahluq sifatida qolaveradi. Ular qachondir o’z xatolarini anglab yetadilar,lekin afsuslar bo’lsinki,kech bo’ladi.Avvalo,vatanfurush bo’lishdan,dinparast,aqidaparast kimsalarga yo’liqib qolishdan  Ollohning o’zi asrasin.
       Bobom Vatanni seving ,uning har hovuch tuprog’ini dur-u gavhardek avaylang,deydilar.Hatto ari ham o’z inini himoya qiladi.Qushlar ham,dengizdagi baliqlar ham o’z oshyonini his etadi.Inson o’z iymoni,ongi bilan,fahm-farosati bilan o’zga hayvonlardan farq qiladi.Demak,bulbul chamanini,odam  vatanini sevishi va ardoqlashi lozim.O’z vataniga bo’lgan sadoqat,mehr tushunchalari har qanday insonning qalb-qo’riga singib ketmog’i lozim.
      Sher qorni ochsa kiyikni yeydi,kiyik qorni ochsa maysani yeydi.Odam qorni ochsa kiyikni ham,maysani ham yeydi.Lekin kiyik hech qachon sherni yenga olmaydi.Bundan shunday  g’oya yuzaga keladiki,sherni dinparastga,kiyikni vatanfurushga qiyoslab ko’rsak,dinparast g’olib bo’ladi.Endi savol tug’iladi,nima uchun vatanfurush yengiladi? Chunki vatanfurushlarning ongini,tafakkurini dinparastlar shunday egallaydiki,qanday ishonib qolganini bilmay ham qoladi ular.Vatanfurushlar besh-olti so’m pul uchun o’z vijdonidan voz kechadi.Agar inson zoti uchun ma’naviy emas,moddiy boylik birinchi o’rinda tursa,mamlakatning ahvolini tasavvurga ham sig’dira olmaymiz.Shunday ekan,inson uchun ham ma’naviy,ham moddiy boylik me’yorda bo’lmog’I zarur.
Bobomning har bir aytgan so’zlari bizning qalbimizda ta’ sirli iz qoldiradi.Bobomning suhbatlari kishini yaxshilikka ,yomon ishlardan,terrorestik g’oyalardan yiroqda bo’lishga undaydi.
O’zbekiston dunyodagi eng baxtli o’ttizta davlatning ichidan o’z o’rnini egallagan,hatto,eng rivojlangan Fransiya,Finlandiya,Italiya davlatlarini ortda qoldirdi.Men O’zbekiston fuqarosi ekanligimdan,nuroniy keksalari qo’lini duoga ochib,yoshlariga oq fotiha berayotgan munavvar zaminda yashayotganligimdan hamisha,hamma vaqt o’zimni baxtli his etaman.Keksalarimiz  bor ekan, yurtimizdan hamisha fayz-u baraka, tinchlik, xotirjamlik arimaydi.Keksalarimiz farishta misoli pok.Ularning gulgun chehralaridan taralayotgan nur yurtimiz istiqbolining porloq ekanligidan dalolatdir.
7-Davlat ixtisoslashtirilgan  maktab internatining  IX B sinf o’quvchisi Mansurova Oybarchinning   “Mening bobom —  mahallamiz faxri” mavzusida  yozgan inshosi.
O’qituvchisi: Jalilova Orzigul
 Tel: +998912214039 

Insho. Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
         Insho.
Mening  bobom, buvim – mahallamiz  faxri.
         Reja:
1.     Insondan ezgu  ish, ezgu amal qoladi.
2.     Qarisi bor uyning parisi bor.
3.     Bobom va buvimning oltinga teng hikmatlari.
4.     Keksalarni e’zozlab yashang.
Bobomni hamma “Qahramon bobo”  deb  eslaydi.  Aslida bobomning  asl ismlari  Xudoynazar bo’lgan.  Bobom 1902-yilda tug’ilganlar.  Ikkinchi jahon  urushining suronli kunlari  bobomni ham  chetlab o’tmagan.  U kishi  1939-yil  urushga  borganlar.  1941-yilda  qo’l va qovurg’a sohasidan yaralanib,  urushdan qaytib kelganlar.  Bobom o’z jonini emas  balki, xalqini, el-yurt ozodligini  o’ylaydigan inson  bo’lgan ekanlar.  Hozirgacha insonlar bobomni  “Qahramon bobo”  deb yaxshi nom bilan yodga oladilar.  Urushdan qaytib kelgach,  bog’dorchilik  bilan shug’ullanganlar.  Buvijonim esa  ziyoli inson edilar.  U kishi bolalarga ona tili, adabiyot fanlaridan, o’zlarining  misqollab yig’gan bilimlaridan berib, tarbiya qilganlar.  Insondan faqat ezgu ish,  ezgu amal, albatta, yaxshi nom qoladi.  Haqiqatdan ham  shunday. Garchi  bobom va buvijonim  hozir  oramizda  bo’lmasalarda, insonlar ularni  yaxshilik bilan, yaxshi nom bilan esga olishadi.  Sababi, faqat bitta. Ular insonlar qalbida o’zlarining ezgu ishlari, qilgan xayrli amallari, barpo etgan bog’lari-yu,  el-yurt tinchligiga qo’shgan hissalari bilan munosib va o’chmas joy olganlar desam mubolag’a bo’lmaydi. 
Qariyalari  bor  yurt hech qachon ibratli hikmatga, oltinga teng nasihatga muhtoj bo’lmaydi. Rivoyat qilishlaricha, bir podsho  o’z saltanatidagi  qari insonlarni o’limga hukm qilibdi.  Podshoning askarlari barcha keksa insonlarni  qatl etibdi, faqatgina bir yigit  o’z onasini yashirib asrab qolibdi.  Oradan ancha vaqt o’tgach podsho  saroyi yaqinidagi  ko’l tubidan  nimadir jilolana boshlabdi.  Podsho uni olib  kelishlarini  so’rabdi.  Biroq ko’lga tushgan insonlarning barchasi halok bo’libdi. Darg’azab podsho “shu tillani olib chiqqanga 1000 tanga beraman” deb farmon chiqaribdi.  Onasini asrab qolgan yigit onasidan maslahat so’rabdi:
-         Onajon, u narsani qanday qilib olib chiqsa bo’ladi?
-         O’sha ko’l yonida daraxt bormi? – deb so’rabdi.
-         Bor-deb javob beribdi o’g’il.
-       Ona esa hamma sir daraxtda, o’sha daraxt ustida qushning ini bo’lsa kerak, jilolangan narsa ko’l tubida emas, balki, daraxtda deb javob beribdi. Yigit daraxtga chiqib qarasa haqiqatdan ham qushning inida bir qancha olmoslar bilan yasatilgan taqinchoq bor ekan.  Yigit uni podshoga olib boribdi.  Podsho undan qanday qilib bu jumboqni  yechganligini so’rabdi. Yigit sizning amringizga amal qilmay onamni asrab qolgan edim, bu sirni onam aytib berdi deya javob beribdi.  Shundan so’ng podsho  o’z amrini bekor qilib, barcha qariyalarni  e’zozlay boshlabdi. Ha, qarisi bor uyning parisi bor deb bejizga aytishmagan.  Har bir nuroniy inson – to’liq o’qib bo’linmagan bir kitobdir. Ularning hayot tajribalari  mislsiz jumboqlar va sirlarning kaliti, yashash va tiriklik  mezonidir.
Bobom va buvim nafaqat meni, balki mahallamizdagi barchani  birdek yaxshi  ko’rar, dilbandi kabi sevib  erkalar, kezi kelganda koyib, to’g’ri yo’l ko’rsatar edilar. Bobom doim:
-“Illat izlaganga ,  illatdir dunyo, Ziynat izlaganga, ziynatdir dunyo, Kim neni qidirsa topgay begumon, hikmat izlaganga hikmatdir dunyo,” – der edilar.  Nega bunday deyishlarini  hech tushinmasdim.  Endi balsam, inson nimani  istasa,  shu amalga oshar ekan.  Agar inson faqat ezgulik tomon intilsa, faqat yaxshilik topar ekan.  Bordiyu u yovuz niyat qilsa, baxtsizlik va yomonlik  uni bir umr tark etmas ekan. Buvijonim ziyoli inson bo’lganliklari sababli bizni doim halol mehnat qilishga  va to’g’riso’zlikka o’rgatar edilar. Buvim: “Yaxshidan bog’  qoladi, yomondan dog’,” – deb uqtirar, o’zlari ham doim shunga amal qilardilar.  Inson mayda to’siqlardan osha olmasa, katta-katta orzular armonga, ezgu niyatlar sarobga aylanishini  aytardilar.  Qadr-qimmat, mehr-muhabbat,  mehr-shavqat  singari qadriyatlar  buvimning samimiy so’zlari-yu,  bobomning ibratli  hikmatlari  orqali qon-qonimga singib ketgan.  Shuning uchun ham hozir, o’zimning mustaqil fikrimga, dunyo qarashimga egaman. Buning uchun  so’zlari sehrli, kulgusi samimiy, yuzlari qalbi kabi oq, ko’ngli pok buvijonimdan,  so’zi gavhar, har hikmati ulkan ma’no-mazmun kasb etgan, ko’zidan mehr, yuzidan nur yog’ilib turgan aziz bobojonimdan juda minnatdorman.
Qadr shulkim bu yurtda hazrati inson aziz,
Hazrati inson uchun, yaralgan imkon aziz.
Inshoolloh  hech kimdan kam bo’lmaydi bu millat,
Erk bayrog’in ko’targan, hur O’zbekiston aziz!
Yurtimiz mustaqillikka  erishgandan so’ng, ko’pgina ezgu ishlar amalga oshirildi.  Jumladan, keksa va nogiron hamyurtlarimiz  uchun mislsiz imkoniyat va e’tibor  berib kelinmoqda. Yangi 2015-yilni “Keksalarni  e’zozlash” yili  deb e’lon qilinishi, nuroniy  otaxon-u onaxonlarimizga bo’lgan hurmat va ehtiromning  isboti desak mubolag’a  bo’lmaydi.  ‘Qari bilganni – pari bilmas,”- deydi dono xalqimiz.  Haqiqatdan ham,  bu sochlar o’z – o’zidan oqargan emas,  bu nurli yuzlarni  bejiz ajin bosmagan.  Bularning barcha-barchasi hayotning og’ir zarbalaridan,  turli to’siqlaridan,  bir kam dunyo kamlaridan  qolgan iz.  Har bir nuroniy inson – hayot saboqlari, sabr-bardosh, matonat kabi  tushunchalar, dunyo jumboqlarining, jamiki tilsimlarning  kalitini  o’zida  jo  qilgan, hali to’liq o’qib bo’linmagan bir kitobdir. Shunday ekan, har birimiz  ularing oltinga teng  hikmatlaridan  bahramand bo’laylik. Keksalarimizni  qadriga yetaylik!  Zotan,  ular – hayotimiz gultoji.
         Azizlarim!
Asl  farzand bo’lay desangiz,
Guldek unib, o’say desangiz,
Duo olib yuray desangiz,
Ezgu ishlar qilay desangiz,
Har bir tongni savobdan boshlang,
Keksalarni e’zozlab yashang!
 
Suyanchiqdir tog’imiz har on,
Kundan kunga turmush farovon,
Ular bilan totli hur zamon,
Baxtimizga bo’lishsin omon,
Har bir tongni savobdan boshlang,
Keksalarni e’zozlab yashang!
 
Qashqadaryo  viloyati,  Shahrisabz tumanidagi  25-umumiy  o’rta   
ta’lim maktabi 9-“A” sinf o’quvchisi  Qodirova Nazokatning adabiyot fanidan insholar tanlovi  uchun yozgan
O’quvchining telefon raqami: 91/465-43-05.
Fan o’qituvchisi: G’iyosov S. T/R:  91/561-72-93.
 
 

“Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri”

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
                                    “Mening  bobom,  buvim-mahallamiz  faxri”
                                                                 Insho
                                                                  Reja:
1.Keksalar  o’giti – komillikka  eltuvchi  yo’l.
2.Keksalarni  e’zozlash  bizning  burchimiz.
3.Yurtimiz  faxriylari…
                                        Boqmas  jahon  sovuq  so’z,
                                        Nodon,  yuzsiz,  baxilga
                                        Yoqimli  bo’l,  xushxulq  bo’l,
                                         Qolsin  noming  ko’p  yilga.
                                                                     (o’git)
    Har  br  millatning  asrlar  davomida  shakllangan  axloq-odob  qoidalari  mavjud.  Ularda  shu  millatning  fe’l  atvori,  tabiati,  orzu-intilishlari,  o’z  aksini  topadi.  Yuqoridagidwk  o’gitlar  esa,  aynan  ana  shu  yurtning  hayot  qiyinchiliklaridan  ,  sinovlaridan  ,  boshqacha  qilib  aytganda,  ko’pni  ko’rgan  qariyalari  tomonidan  shakllanib  turadi.  Biz  bolaligimizda  bobolarimizdan  eshitgan  pand-nasihatlarimiz  yillar  o’tib,  qanchalar  hayot  haqiqati  ekanligiga  ulg’ayganimizdan  so’ng  amin  bo’lamiz.
    Ha,  ular  bizga  ota – ona  va  kattalarga  hurmat,  kichiklarga  izzat,  xushmuomalalik,  mehmondo’stlik,  mehnatsevarlik  kabi  o’zbek  xalqining  asosiy  axloqiy  mezonlarini  ong-u  shuurimizga  singdirib  boradilar.  Keyinchilk  bu  fazilatlar  bizning  hayotda  qoqilmasligimiz,  to’g’ri  yo’lni  tanlab,  shu  yo’l  sari  odimlashimizda  asos  bo’ladi.  Yana  shuni  aytib  o’tish  joizki,  kimningki  xonadoniga  bir  nuroniy  bo’lsa,  demak  u  baxtli  inson,  negaki  ularning  o’gitlarini,  tinglash  kundalik  yumushlarini  bajarib,  bir  umrga  tatiydigan  duolarini  olishdan  ortiqroq  baxt  yo’q  dunyoda.  Shunday  ekan,  doimo  keksalarning  duosini  olib  yuraylik!
    Buvilar  duoga  qo’llarin  ochib
    “Boshi  toshdan  bo’lsin”,- der  jigarlarin
    Buvalar  yelkaga  ortib,  opichib,
    “Boshi  toshdan  bo’lsin”,- der  jigarlarin
    Aziz  buvijonlar,  aziz  buvalar,
    Yodingizda  bo’lsin  yana  bir  tilak.
    Boshi  toshdan  bo’lsin  jigarlaringizning,
    Ammo  tosh  bo’lmasin  ko’ksida  yurak.
                                       (S.Zunnunova)
    Yurtboshimiz  tashabbusi  bilan  2015-yil  “Keksalarni  e’zozlash  yili”  deb  e’lon  qilindi.  Buning  mohiyati  shundaki,  fuqarolarga  qaratilayotgan  e’tibor  yuksaklik  darajasida  ko’tarilmoqda.  Buni  raqamlarda  hisoblaydigan  bo’lsak  o’tgan  yillar  davomida  o’rtacha  umr  55-60  yoshni,  bugungi  kunga  kelib  esa  70-75 yoshni  tashkil  qilayapti.  Bu  esa  yurtimizni  yanada  obod  va  farovon  hayot  kechirayotganining  isbotidir.  Shunday  ekan  ularni  yanada  e’zozlash  va  ardoqlashimiz  joiz.  Ularning  qordek  oppoq  bir  tola  sochini  behuda  yerga  to’kilishiga  yo’l  qo’ymasligimiz  lozim.  Chunki,  bu  dunyoda   ayniqsa,  keksalarimiz  g’animat.  Ularning  beg’ubor  yuraklari,  hali  urib  turganda,  qadriga  yetish  har  birimizning  muqaddas  burchimizdir.  Zero,  bu  muqaddas  Vatanda  azizdir  inson!
    Alisher  Navoiyning  “Favoid  ilkibar”  “Keksalik  foydalari”  deya  nomlanuvchi  devonini  o’qir  ekanmiz,  “45  yoshdan  60  yoshgacha  bo’lgan  davr  inson  umrining  qishini  bildiradi”  degan  fikr  e’tiborimizni  o’ziga  tortdi.  Shu  sabab  bo’ldi-yu,  qishlog’imizdagi  keksa  otaxonu  onaxonlar  haqida  o’ylar  o’z  og’ushiga  oldi.  Qishlog’imiz  o’zining  nuroniy  keksalari  bilan  fayzli  ekani,  ularning  duolari  sabab  kundan-kunga  yashnab  borayotganini  ayniqsa  obodonlashtirish  ishlarining  jadal  rivoj  topayotgani  albatta  katta-kichikka  o’zgacha  kayfiyat  bag’ishlayapti.
    Mening  bobom  shifokorlik  kasbida  ishlaganlar.  Shu  kasb  bilan  umr  o’tkazdilar,  obro’-e’tibor  qozondilar.  Shuning  uchun  ularni  butun  mahallamiz    ahli  hurmat  va  ehtirom  bilan  tilga  olishadi.  Biz  nabiralr  ham  bobomni  juda  yaxshi  ko’ramiz  va  ularga  o’xshagan  yaxshi  inson  bo’lishga  harakat  qilamiz.  Mening  opam  bobomga  o’xshab  shifokor  bo’ib,  ularning  haqiqiy  davomchisi  bo’lmoqchi.
    Yillar  o’tib  qariyalarimiz  yoshligida  qilgan  mehnatlari  evaziga yurtimiz  faxriga  aylanib  qolmoqdalar.  Jumladan  birgina  maktabimizdagi  faxriy  ustozlarimiz,  kelgusi  ustozlarga  o’rnak  bo’lib  xizmat  qiladilar.  Ilar  nafaqat  maktabda  ,  balki  o’z  mahallasi  faxriga  ham  aylani  ulgurganlar.  Birgina  maktabimizda  emas,  balki  butun  O’zbekistonda  faxriylarimiz  juda  ko’p.  Ayniqsa  bunga  misol  qilib,  ikkinchi  jahon  urushida  qatnashgan  jasur  va  mard  bobolarimizni  ko’rsatish  o’rinlidir.  “Keksalarni  e;zozlash  yili”  munosabati  bilan,  bu  yurt  faxriylariga  katta  ehtirom  ko’rsatilmoqda.  Ularning  sog’lom  turmush  tarziga  to’la  rioya  qilishi  uchun  moddy  mukofotlar  berilmoqda.  Bularning  barchasi  --  keksalarga  qaratilayotgan  e’tibor  va  hurmatning  bir  ko’rinishi  desak  mubolag’a  bo’lmaydi.
 Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman XTMFMTTE bolimiga qarashli 75- sonli  umumiy o’rta ta’lim maktabining
9- sinf o’quvchisi Boboqulova Adibaning  “Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri”  mavzusida “Eng yaxshi insholar”
 tanlovi Ziyo NET resurs markaziga. Fan o’qituvchisi: Telefon: +99891-322-02-42

Mavzu: Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Insho
Mavzu: Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri
Reja:
1.   Bobom, buvim – nurli timsollar
2.   Qarisi bor uyning parisi bor.
3.   Keksalarni e’zozlash farz.
 
Bobo, buvi so’zlarini talaffuz qilganingizda ko’z o’ngingizda nuroniy chehralar gavdalanadi. Bobo, buvi timsollari dilingizda allanechuk mehr tuyg’usini uyg’otadi. Bobo, buvi deb atalmish zotlar dunyosida insoniy fazilatlar majmuasini anglaysiz. Ya’ni; xushmuomalalik, oqibat, iymon, adolat, ezgulik, diyonat, halollik, e’tiqod, samimiylik va boshqa shu kabilar sabog’ini uqqanday bo’lasiz. Chunki ular bobolik, buvilik darajasiga yetgunlariga qadar hayot sinovlarining zahmatlariga toblanishgan. Umr tajribalari davomida yaxshi-yu yomonni, savob-u gunohni, to'g’ri-yu egrini, chin-u yolg’onni farqlay borganlar. Shu boisi xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor” naqlini aytilishi bejiz emas. Oila davrasida hal qilinadigan yumushlar, muammolar albatta bobo, buvining beminnat nasihatiga tayaniladi. Birgina erta tongda dasturxon atrofida o’tirib, ishga, o’qishga otlanayotgan farzandlari, nabiralariga kunini xayrli, barokatli kechishini tilab duo qilishlari odamga huzur va ishonch bag’ishlaydi. “Yaxshi niyat – yarim davlat” deyilishida ham ilohiy mo’jiza mavjud. Olamda ro’y beradigan ezguliklar pok qalbli insonlar borligi uchundir. Men bobom va buvimni ana shunday fazilat sohiblari deb bilaman. Bobom va buvimizning hayotiy ta’lim-tarbiyasi tufayli uyimizda fayz, xotirjamlik, totuvlik, muhabbat ustivor. Ular nainki uyimizning, balki mahallamizning ham kayvoni egalari sanaladi. Mahallada o’tadigan to'y, ma’raka marosimlari, bayram sayllari, turli tadbirlar ularning maslahatisiz o’tmaydi. Aslida biz yoshlar ham bobo va buvimiz saboqlari orqali milliy o’zlik, milliy tafakkur, milliy urf-odatlar, an’analar mohiyatini o’rganib kelmoqdamiz. Shukurki, bobomiz, buvimiz bor. Bu ikki ulug’ inson uyimizning ma’naviy ko’rki deb tushunaman.
Ha, aytganday, yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb atalishida ham qandaydir xayrli ma’no bor. Nazarimda, “Keksalar bu hayot ensiklopediyasi”dirlar. Shuningdek, keksalarimiz “O’tmish va kelajak darg’alari” sanaladi.
“Kattaga hurmatda, kichikka izzatda” bo’lish xalqimizga xos odatdir. Bundan muddao shuki, keksa avlodni o’z vaqtida ikrom eta olsak, payti kelib biz ham qadr topamiz. “Keksalarni e’zozlash yili” dasturi asosida mamlakatimizda barcha bobojon-u buvijonlar uchun ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Buni har kuni radio eshittirishlari, televideyniya ko’rsatuvlari, gazeta jurnallari sahifalaridagi maqolalar kuzatuvidan bilsak bo’ladi. Yashab kelayotgan hududimizda ham maktab, litsey, kollejlarda keksa avlod bilan ma’rifiy uchrashuvlar uyushtirilib kelinmoqda.
Hech bir davlatda keksalar bunchalik e’zozlangan emas. Demak, keksalarni e’zozlash biz yoshlarning farzidir.
Ravshanova E’zoza. Shahrisabz Xalq Ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi tasarrufidagi 99-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-“B” sinf o'quvchisi.
O’qituvchisi Achilova Zuxra
 
Tel: +998907227973

Mening  bobom  , buvim- mahallamiz  faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
“Mening bobom, buvim- mahallamiz faxri”
 
1.2015-yil''Keksalarni e'zozlash  yili''
2.Mamlakatimizda keksalargabo`lgan  e'tibor.
3.Bobom va buvim  oilamiz poydevori
4.Bobomning qishlog`imiz obodligi  yo`lida  qilgan  ishlari
4.Bobomning  pok  niyatlari
                   Katta hayot yo`lini bosib o`tgan nuroniylar
                                                   ko`rsatgan  yo`l hamisha to`g`ri bo`lgan.
                                                     (Hikmatli so’z)
2015-yil  30-mart
''Keksalarni  ezozlash  yili  Davlat  dasturi  belgilangan  vazifalarni  amalga  oshirish  to`g`risida
2015-yil  “Keksalarni  e'zozlashYILI|” munosabati  bilan  Vatanimiz  tinchligi,totuvligi  va barqaror muhitini  mustahkamlash  bebaho  hissa qo`shgan  sog`lom  va barkamol  unib  o`sayotgan avlodni tarbiyalshda  faol  ishtirok  etayotgan  keksa  avlod  vakillariga  munosib       e'tibor  qaratish  va  ularni  har  tomonlama  qo`llab  quvvatlash  oila  va  jamiyatda  yoshi  ulug  insonlarningo`rni  va  obro`sini  oshirish,o`quvchilar  o`rtasida har  bir  nuroniyga  chuqur hurmat, e'zozlash  va  ularga  g`amxo`rlik  ko`rsatish  tuyg`ularini  shakllantirish  maqsadida  2015-yil
18-fevralida O`zbekiston  Respulikasi  Prezidentining  PQ-2302-sonli  dasturi to`g`risida qarori qabul  qilindi.Keksalar avvalambor fashizm   ustidanqozonilgan  g`alaba va   vatanimizni qayta tiklashga munosib hissa qo`shgan 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti    faxriylarini manzili ijtimoiy himoya qilish va qo`llab quvvatlashni kuchaytirish  yoshi ulug` insonlarni birinchi navbatda yolg`iz qariyalar va nogronlarga
kp`rsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar ro`yxatini kengaytirish ularni faeovon va munosib
turmush sharoitlari bilan tanishishuchun mahallalar
«Nuroniy»jamg`armasi boshqa nodavlat tashkilotlari ijtimoiy tuzilmalar tomonidan  moddiy va ma'naviy  qo`llab-quvvatlash miqiyosini oshirish.Joriy yildako`p
yillar  samarali mehnat  qilgan faxriylarning hayot   yo`llari va markaz tomonidan olib borilgan ishlar,o`tkazil uchrashuvlar to`g`risida ''Huquq''va''Nuroniy''
gazetalarida  ''Huquq va burch''jurnalida 15 ta
maqola,ocherklar  chop  etildi.Prezidentimiz O`zbekiston xalqiga yangi yil tabrigida shunday dedilar:
          Qadrli do`stlarim!
          Kirib kelayotgan yangi yilga mamlakatimizda
Keksalarni e'zozlashyili deb nom berganimizzdan xalqimiz,albatta,yaxshi xabardordir.
           Buning zamirida hammamizni oq yuvib,oq  taragan,muqaddas yurtimizning tashvish  muammolarini o`z  yelkasiga   ko`tarib  kelayotgan  xonadonlarimizn  fayzi ko`rki  bo`lgan  yosh  avlod vakillarini hayotdan rozi qilish,ularning  duolarini 
olishdek savobli va olijanib maqsadlar  mujassam ekanini,o`ylaymanki,barchamiz yaxshi  tushunamiz.
          Biz mehribon  ota-onalarimiz,muhtaram  keksalarimiz oldidagi  ana shu  qarzimizni yanada teran anglagan holda,ularga har tomonlamae'tibor
va g`amxorlik ko`rsatishdek olijanob maqsadlar bilan 2015-yilga qadam qo`yaer ekanmiz,biz uchun  milliy o`zligimiz  timsoliga aylanib ketgan  kattaga-hurmat
kichikka-izzat,mehr-oqibat  shavqat  va  muruvvat kabi ezgu fazilattlarni  yanada  mustahkamlab  ularni jondan  aziz farzandlarimizning    ong shuriga singdirishda  kirib kelayotganyil  muhim,yuksak   bosqich   bo`lishiga ishonaman.SHu jumladan ham
bizning ya'ni 80-umumta'lim maktabimizda ham Keksalarni  e'zozlash yili  munosabati  bilan ''Yuzidan  nur  yog`ar  so`zlaridan  dur'' nomli tadbiri
o`tkazida,  bu tadbirda mahalla  faollari,urush  va mehnat  faxriylari,mahallamizning  barcha  yoshi  ulug` insonlari  taklif  etildi.tadbir  oxirida  mehmonlarga  maktabimiz  tomonidan  sovg`alar ham  ulashildi.Bunday  tadbirlar  orqali  biz
yosh  avlodlar  qalbida keksalarga  bo`lgan  hurmat  ehtiromimiz  yanada  oshadi.Keksalaning,bobo  buvijonlarimizning  duolari  va  nasihatlari 
bizlar   uchun  oltin dan  ham qimmatliroqdir desak  mubolag`a  bo`lmaydi.
     Bu  yilda  mamlakatimizda  keksalarga  bo`lgan e'tibor  juda ham  kuchlidir.Yurtimizni  nuroniy otaxonu  onaxonlarni  e'zozlash,ularga  hurmat
ehtirom  ko`rsatish borasida nechog`li ibratli ishlar
bajarilayotganligiga  amin  bo`lamiz.Zero,  keksa  avlod  vakillariga  ko`rsatilayotgan  g`amxorlik   hurmat  va  ehtirom   ramzi sifatida  faxriylar,
keksalar  va  nogironlarni  ijtimoiy  himoya  qilish,
salomatliklarini  mustahkamlash  masalasi  Respublikamizda  davlat  siyosati  darajasiga  ko`tarilgan.
 Siz  duo  qilsangiz  bo`lgay  ijobat.
Gullarizingizda  fayzu  barokat,
O`zingiz donishmand  so`zingiz hikmat,.
Davr  keldi  qadding iz  uring  keksalar,
Qarilik  gashtini   suring  keksalar.
 Xalqimizda  keksalar  haqida  ''Qarisi  bor uyning
farishtasi   bor'',''Qari  bilganni pari  bilmas''ko`pgina  maqollar  yaratishgan.Bu  maqollarda  hamm chuqur ma'no-mazmun bor.Qariyalar  bor  uy  fayzli   bo`ladi
chunki  ular  yoshlarga yo`l-yo`riq  ko`rsatib,to`g`ri  yo`lga  boshlaydilar.Ularni  ibrat
va  nasihatlariga   amal  qilsak    xonadonimiz  nurga to`ladi.Inson  hayoti  bamisoli  aylanuvchi  charxpalakka  o`xshaydi.U-bugun  bola,so`ngra  ulg`ayib
ota-ona,keyin  esa   bobo  buvi  bo`ladi.Buvilik,bobolik  baxtiga muyassar   bo`lganlar  farzandva   nabiralarini  mehr-muhabbat  bilan   tarbiyalab,
voyaga   yetkazadilar.Biz  yoshlar  har  doim qariyalarga   yordam  qo`lini  cho`zishimiz   shu   bilan  birga  ularning  nasihatlariga  amal    qilishimiz
kerak. Har  bir  nabira  o’z  bobo  va buvisini  juda  ham yax shi  ko`radi.  Shu  jumladan   men  ham   bobom  bilan buvimni juda  yaxshi  ko`raman,
bobom  bilan  buvijonimning  nasihatlari  men  uchun  oltindan  ham   qimmatliroqdir.
Bobom  va  buvim   ko`pni  ko`rgan  inson  desam  mubolag`a  bo`lmaydi.Sababi  ular  boshida  ko`p  voqealarni o`tkazganlar   va  bulardan  to`g`ri xulosa
chiqarganlar. Bobom  va  buvijonim    oilamizning mustahkam   poydevoridir.Ular   mega  ko`p     ibratli  so`lar,nasihatlar    berishadi.Bobom  menga  shunday  deydilar:''Hamma  vaqt  odamlar  bilan  chiroyli    muomala  qil  shu  jumladan  to`g`ri  so`zlikni shior   qil,yaqinlaringa   va   do`stlaringa  marhamatli  bo`l.Yomonlidan va baxillikda  yiroq  bo`l, har  xil  befoyda  so`zlarni  gapiraverma,go`zal   fazilatlar   bilan  nom  chiqar,ota-onaga  mehrli  inson  bo`lib,
ilmli  inson  bo`lib  yetish''   deydilar.
Bir  aziz  bobom bor  dunyoda  tanho,
Xushtabiat,xushqomat,muloyim  dono
Ko`nglining  kenligi  yer,kurra,osmon
Ko`zlari  nuroniy  oynayi  jahon.
 
  MENING  jonajon  buvijonim  ham  nabiralariga  mehri  baland.Yoshligimda  buvijonim  sochlarimga jamalaklar  taqib  chiroyli  qilib  sochlarimni  o`rib  qo`yardilar.Nabiralar  bir  bo`lib  buvimning oldiga  borib  buvijon  biz  nima  qilsak  siz  bilan    bobom   xursand  bo`lasizlar  deb  savol   berganimizda   buvimlar ''Jon  bolalarim,eng  yaxshisi-qariyalarga    shiriso`z,  xushmuomala bo`ling,qo`lingizdan   kelgancha  ularga  ko`maklashinglar,ular    sizni  koyisalar   ko`nglinizgaolmang,  aksincha  xatoyingizni    tuzatishga  harakat   qiling,ularni  xafa   qilmang  ularga
  baland  ovozda  gapirmang''dedilar. Mening buvim  gullarni  juda  hamm  yaxshi  ko`radilar.
   Buvim  gullarga  mehr  bilan  qaraydilar  buvimda turli   hil  gullar  bor.Men  buvimning  oldiga borganimda  buvimning    yumushlariga   ham  qarashib   turaman.Buvim  nabiralariga  ko`pgina  ibratli hikoyalar  ham  aytib beradilar.
 Shahrisabz tuman Xalq ta`limi  muassasalari  faoliyatini  metodik  ta`minlash  va  tashkil etish bo`limiga qarashli  80-umumiy o`rta  ta’lim maktabining 9-sinf o`quvchisi  HOMIDOVA  AZIZA
 
   O`qituvchisi .Xalilova    Matluba. telefon raqam 90/426  61 43

Mening bobom , buvim- mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Insho
Mening  bobom , buvim- mahallamiz  faxri
Reja:
1.Keksalari  bor, boy  yurtim
       2.Keksalar hikmatlari
    3. Bobom va  buvim  mehrlari
    4.Saxovat -  qalb  bezagi.
                                                   Qarisi bor  uyning parisi bor
                                                               Maqol
      2015-yil  “Keksalarni  e`zozlash  yili”  munosabati  bilan  vatanimiz  tinchligi , totuvligi  va  barqaror  muhitini  mustahkamlashga  bebaho  hissa  qo`shgan, sog`lom  barkamol  unib  o`sayotgan avlodni  tarbiyalashda  faol  ishtirok  etayotgan  keksa  avlod vakillariga  munosib  e`tibor  qaratish  va  ularni  har  tomonlama  qo`llab  quvvatlash, oila  va  jamiyatda  yoshi  ulug`  insonlarning o`rni  va  obo`sini  oshirish  maqsadida
2015-  yil  18-fevralda  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining PQ-2302  -sonli  “Keksalarni  e`zozlash yili” Davlat dasturi  to`grisidagi  qarori  qabul  qilindi. 
Bu  dasturda  keksalarga  g`amxo`rlik  ko`rsatish   va  e`tiborni  kuchaytrish , ularning   hayot  darajasi  va  sifatini  oshirish  uchun  qulay  tashkiliy ishlar -  huquqiy  shart  sharoitlar yaratishga  qaratilgan.
Biz  bilamizki, keksalarda  hikmat  ko`p . Keksa  bo`lishning  gashti o`zgacha. Mustaqillikning dastlabki  yillarida  ham  hozir  ham, keksalarimizga   , nuroniy  bobo-  buvilarimizga  e`tibor  katta  deb  o`ylayman. Bu  hamma si   Muhtaram  prezidentimiz   I.A.Karimov tashabbuslaridan  deb  aniq  ayta  olaman. Yaratib  berilayotgan shart-  sharoitlar , bularning  barchasi  qariyalarimiz  uchundir.
   Keksalar haqida  so`z  ketganda birinchi  o`rinda bobo  va  buvijonlarimiz  nasihatlari  duolari  ko`z  oldimizga  keladi. Chunki, keksalarimiz  uzoqni  ko`ra  oladilar  ko`pni  ko`rgan  kishilardir. Ularni  har  bir  bergan nasihatlari  qulog`imiz  ostida jaranglab turadi. 
   Bobom  va buvim  aytgan  nasihatlari insonni  yaxshilikka  yetaklaydi, Vatanga  munosib  farzand  bo`lish  uchun  o`z  harakatlarini  ayamaydilar.Bobomning  mahalla ahliga  ham  ko`pgina  ibratli  ishlari  border, Bobojonim  Safarov  Sattor  bobo necha  yillar  davomida  qishloq  oqsoqoli  vazifasida ishlab  qishlog`imiz  obodligi  uchun  bir qancha  amaliy  ishlar  amalga  oshirganlar. Men  dunyodagi  eng  baxtli  insonman  desam  mubolag`a  bo`lmaydi. Menning  bobom  va  buvim  har  doim  biz  bilan  birga., ular  bilan  har  doim  qalbim  g`urur  va  iftixorga  to`ladi.
  Ha, keksalikka  hikmat  ko`p . Keksalar  ollohning  sevgan  bandasiga  ato  etadigan  buyuk  ne`mati  Keksalik tabarruk  yosh  va  bu  xususida    Qur`oni  Karimda  Payg`ambarimiz   hadislarida   juda  ko`p  purhikmat  so`zlar  yozilgan. Ba`zan  yoshi  yetmishdan  oshgan  keksalarni  ko`rib  hayratda  qolasiz  ular  mehnatdan  qochishmaydi  xuddi  yoshlardek  mehnat  qilishadi,ular  qarilikka  so`z  bermaydilar.Biz  ulardan  o`rnak  olishimiz  kerak.
  Bobojonim  menga  o`z  hayot  yo`llarin igapirib  berdilar men  har  doim  bobomning  matonatlariga  tasannolar  aytaman  va  kerakli  xulosalar chiqarib  olaman. Bobom Safarov  Sattor  bobo  1939-yil  Qashqadaryo  viloyati  Shahrisabz  tumani  Chorqi  qishlog`ida  tug`ilganlar. 1947-1957-yillarda  o`rta  maktabda  ,1957-yil  traktorchilar  tayyorlash  kursini  bitirganlar  va  mexanizator  bo`lib ishlaganlar  1958-1960-yillarda  Toshkent  Hisobchilik  texnikumini  bitirganlar,1968-yilgacha  bobom  Toshkent  Davlat  Xalq  xo`jaligi oliygohi  iqtisod  bo`limi  tugatdilar.
1963-1965-yillarda  harbiy  xizmatda  bo`ldilar. 1966-yildan  to  nafaqaga  qadar  xo`jaliklarda  iqtisodchi  vazifasida  ishlaganlar .
Bobojonim  nafaadan  so`ng  hamishlashga  bel  bog`ladilar  va  2000-2005-yillar  Chorqi  qishloq  oqsoqoli  vazifasida ishlaganlar. Hozirda bobom  buvim  bilan  birgalikda, nabiralar  davrasida   keksalik  gashtini  surmoqdalar.
Buvijonim  haqida  yotsam  u  kishi  juda gullarni  sevadilar, tabiatni  gullarni  sevishni  bizga  ham  o`rgatadilar. Buvim  1947-yilda  tavallud  topganlar. O`rta  maktabni tugatganlar .1962-yil  turmushga  chiqqanlar  hozitgi  kunda  to`r  o`g`il  va  to`rq  qianing  onasi, 23 ta  nabira, 3ta  chevaralarning  mehribon  buvijoni  bo`lib  kelmoiqdalar. Buvijonim  68  yoshni  arshilamoqdalar  Buvijonim ro`zg`or yumushlariga  juda  ilg`orlar.
 
  Bobom  va  buvim  menga  shunday  fikrlar  aytadilar. Hozirgi  kunda  prezidentimiz  bizlar  uchun  shunday  sharoitlar  yaratib  qo`ydilar  biz  juda  xursandmiz , qayerda  borsak  hurmatimzini  joyida  qilishmoqda, biz  ham  shunga  munosib  yoshlarni  to`g`ri  tarbiyalashda  o`z  hissamizni qo`shishimiz  lozim. Bunday  fikrlardan  so`ng  meni  shuni  angldimki , hayotda  inson  atrofdagi  insonlarga  yaxshilik  ulashib , ,mehrini ayamasligi lozimligini  tushunib  yetdim .
  Biz  mahallada  yoki  katta  shaharlarda  yoshi  katta  nuroniy    otaxon  va  onaxonlarni ko`rganimizda  yuzlaridan  nur  yog`ilib  turganini  ko`rib  dilimiz  yayraydi. Bu  hammasi  ularga  bo`lgan  e`zozda  deb  o`ylayman.
Buyuk  Shayx  Sa`diy  shunday  deydilar: “Dunyoning  lazzati  shuki, ariganingda  farzandlaring  xizmatingda  bo`lganing  ko`rsang, ekkan  daraxtingning  mevasini  o`z  qo`ling  bilan uzib yesang, , shoir bo`lan-u  she`rlaringni  xonanda  kuylaganini  eshitib o`tisang”. Ushbu  fikrladan  ma`limki  keksalarimizda  doimo  hurmatda  bo`laylik,ularning  duolarini  olaylik.
   Saxovatpeshalik  chinda chin  insonlarga  xos  bo`lgan oily  tuyg`u  ,.shunday  fazilatga  ega  bo`lgan  saxiy  alb  sohiblari  hisoblanmish  keksalarimi  doimo  sog`  salomat  bo`lishsin .Bobom  menga  qo`ni  qo`shni, mahallag a yordam  qo`lini ayama. Saxovatli  insonlarni  Olloh  ham  sevadi Ota bobolarimiz  topgan  boyliklarini  bir  qismini  muhtoj, beva  bechoralarga  ulashganlar. Muqaddas  Qur`oni  Karimda  ham saxovatpesha  bo`lishga  undovchi  oyatlar  mavjud.”O`zing  yaxshi  ko`rgan  narsalarni  boshqalarga  ham  ravo  ko`rmaguningcha  musulmon  bo`la  olamaysan”,  yoki  “Yaxshilik qilsang  o`zingga o`n  barabar  bo`ib  qaytadi” degan  so`zlar  yuqoridagi  fikrimizning  isbotidir.
   Xulosa  qilib  aytganda saxovatpeshalik, qariyalarni  e`zozlash  inson qalbining ziynatidir, Bunday  yuksak  fazilatlar  barchamizga  yuldosh  bo`lsin.
 
 
Shahrisabz tuman Xalq ta`limi  muassasalari  faoliyatini  metodik  ta`minlash  va  tashkil etish bo`limiga qarashli  80-umumiy o`rta  ta’lim maktabining 9-sinf o`quvchisi
Sattorova  Gulzoda
 
   O`qituvchisi .Xalilova    Matluba  telefon raqam 90/426  61 43

“Mening bobom , buvim - mahallamiz faxri”

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
   “Mening bobom, buvim -  mahallamiz  faxri”
                   Reja:
1. Keksalar  oila  chirog`i
2.Keksalarni  e`zozlash  ulug`  qadriyat
3. Bobom xotiralari  hamon yodimda.
4. Umimizning  nuri  ziyosi  nuroniy  buvijonim
5. Ezgulik  quyoshidek   porlab  turuvchi  keksalar.
           Ha  albatta! Har  bir  uyda  o`zgacha  ziyo  o`zgacha  nur  bo`lishini  hammamiz  xohlaymiz.  Hammamiz  bilganimizdek  bobo  va  buvisi  bor  xonadonda  mana  shu  ziyoni  ko`ramiz.Biz  ziyo , bu  nur, insonni  yetuklikka  eltadi.Ularning  maslahatlari   yoqimli  suhbati  ko`ngilga  qandaydir  ziyo  olib  kiradi. Ularning  xushro`y  chehralari doimo  ezgulik quyoshidek porlab  turdi. Bobo va  buvilarimiz  hayotning  juda  ko`p mashaqiyatlarini, azobi-yu uqubatlarini   boshdan kechirganlar. Ularning bu  hayot  yo`llari biz  uchun chinakam o`rnak maktbi  bo`la oladi. Bu  maktab bizni hayotga uning  pastu  baland  yo`llariga to`qishmasdan  yurishga o`rgatib tayyorlab  boradi. Bobo va buvilarimizni mana shunday  u`lug` yoshga  yetganlari  qancha  qadrlasak, qancha  e`zozlasak bir kun  kelib  o`zimizga  qaytadi. Ularning qancha  ko`p  duolarini  olsak shuncha  ko`p muvaffaqiyatlarga    erishamiz.
      Xalqimizda  shunday bir naql bor “ Qarisi bor  uyni  parisi  bor”. Yuqorida aytib  o`tganimizdek  buning  isboti,  uyimizning  farishtasi  bo`lib  o`tiragan  bobo va buvilarimizdir. Qishloqlarda mahallaridagi, juda  ko`p keksalarni maslahati  orqali  ularning  mavfqiyi  yuksallikka tamon  intilmoqda.
  Bu  yil  Prezidentimiz  tomonidan  “Keksalarni e`zozlash  yili “ den e`lon  qilindi . Bu  biz  uchun  katta  g`urur  va  sharf  tuyg`usini  uyg`otadi. Biz  ularni  doimo qadrlashimiz  va   qadriga  yetishimiz  lozim.Matbuot,  gazeta  va  jurnallarda , oina  jahonda  ham  keksalarni  e`zolash  haqida  bot  -  bot  takrorlanyapti. Shu  to`grisida  turli  ko`rsatuvlar  davra  suhbatlari   olib  borilmoqda  bu  bejiz  emas. Bundan  ko`zlanayotgan  maqsad   yoshlarda  keksalarga  bo`lgan  hurmatni  uyg`otish  ,  ularning  ko`zidagi  quvonchni  hech  qachon  yo`qotmaslikir. Prezidentimiz  tashabbuslari  bilan mana shu yilda ,  ya`ni  “Keksalarni  e`zozlash yili”da  juda  ko`p  keksalarni  sog`lig`ini  tiklash  uchun  turli  xil  dam  olish  maskanlari  tashkil  etildi. Bu  esa  yurtimizda  Keksalarni  qadriga  qanchalik  baland  ekanini  bildiradi.
Keksa  kishilarni  chuqur  hurmat  qilish, e`zolash  lozim. Mahallada  yolg`iz  qolgan  keksalarni  holidan  xabar  olish  bizning  burchimizga  aylanib  ulgurgan  bo`lishi  lozim.
Mahalla guzarlarda  keksalarga  kerak  bo`lgani barcha  shart -  sharoitlarni yaratib  berishimiz  lozim . Bu  biz   uchun  ham  qarz  va  farzdir.
  Necha  yillar  o`tdiki  ko`nglim  bir  narsadan  azob  chekadi. Unda  qandaydir  kimtiklik  mavjud. Bu  uyimizning  ziyosi  bo`lgan  bobojonimning  oramizda yo`qliklaridir. Ular  oramizda  bo`lmasalarda, ularning  nurli  chehralari mening  qalbimda  yashaydi. Biror  ishga  qo`l  o`rayotganimda  ular  menga  madad  bo`lib , meni  qullab  -  quvvatlab turganliklarini  sezib  turaman. Ilohim  ularning  ruhlari  shod  bo`lsin Bobom  hayotlarini  eslasam  ko`nglim  ozor  chekadi. Mana  hozir  ham  shu  so`zlarni  yozayapma-nu  ko`z  yoshlarimni  arang  tiyib  turibman.  Qo`limda  kuch  qolmagandek meni  titroq  bosayapti.  Mening  bobom  1938-yil  10-may  kuni  tavallud  topganlar ularning  nurli  yo`llari mana  shu  tug`ilgan  kunlaridan  boshlangan. Ular  hayotlarini  mazmunli  o`tkazish  uchun  kelajaklari  porloq  bol`ishi  uchun  1959-yil  SADU  oliygohiga  o`qishga  kirganlar  va  bu  oliygohni  bitirgach  o`z bilimlarini  boshalarga  o`rgatish  uchun, shogirdlar  qalbiga  nur  ziyo  o`yg`otish  uchun o`qituvchilik  kasbini  egallaganlar.  Bu  kasbni  egallash uchun  ju  ko`p tosiqlardan  o`tish  va  anchagina  mehnat  qilish  lozim. Bobojonim  mana  shunay  hayot  to`siqlia  o`tib  shu  kasbni  egallaganlar.  Hammamiz  bilganimezdek o`qituvchilik  kasbi  juda  o`gir  va  sharafli  kasbdir Bobomnig  shogirdlari hozir  bobojonimni  yaxshi  xotirlab   kelishadi.Bobojonim xotiralariga  qiyudagi  she`rni  yozganman
Bobojon
Men eslayman  yoshlik  yillari
Esimda  qolmagan o`shanday  paytlar
Bobom qo`llarida  meni  olganda
Balki  quvnaganir  yuzda  kulgular
Men  ulg`ayib  qolibman    bobo
O`t gan  kunlarim esg a olaman
Faqat  shunigina  yoza  olibman bobo
Qalbimda  titroqlar  solibman  bobo
    Uyimiz  nuri  ziyosi  bo`lmish  buvijonim 1946-yilning  1-aprelida  tavallud  topganlar. Ularning  bizlar  farzandlari  va  nabiralariga  yatgan  pand  nasihatlari  bizga  katta  madad  bo`lib  turadi.Ularning  ko`p  yillik  hayot  tajribalari  biz  uchun  hayot  maktabidir. Buvijonim har  bir  ishda  bizga  ko`makdfosh  va  maslahatgo`ylar.  Buvijonim  mahalla, ko`chamiz  ayollariga  bir  qancha  amaliy  yordamlar  ko`rsatadilar. Ayollar  buvijonimdan  malahatlar  olib  turishadi. Qiynalib  qolgan  oilallarga  yordan  bersa  savob  bo`ladi  den  har  doim  ta`kidlaydilar.Maktabdan  uyga  kelsam  buvijonim  yaxshi  ko`rgan  gullari  oldida , ya`ni  rayhonlar  oldida  ularni  parvarishlab  turadilar. Buvijonim  uyimiznin  yoritib  turuvchi  chiroqdir. Buvijonim  ko`pgina  yoshlarga  ibrat  bo`la  oladigan  nuroniy  keksadirlar
 Parilarga  o`xshaydi-  parivash  buvijonim
        .Qarisi  bor  uyning  -parisi  bordur
        Bizning  uyda  bor  parivash  inson
        Unga  doim  ziyolar  yordir
        Ko`zlarida  nurlari  chaqnaydi  har  on
       
      Oppoq  bulutlarga  o`xshatdi  qalbi
       Oppoq  sochlarida  faqat  ezgulik
     Oppoq  tilaklarga  hamrohdir  qalbi
    Onajonim, buvijonim sog`  bo`lsin  doim
 
So`zim  yakunida  men  dunyodagi  barcha keksalarimizga  uzoq  umr  tilayman. Har  doim  nabiralari, farzandlarini  rohatini ko`rishib  yuraverishsin. Ularnin  pand  nasihatlariga  doim  amal qilish  biz  nabiralarni  burchidir.
Shahrisabz tuman Xalq ta`limi  muassasalari  faoliyatini  metodik  ta`minlash  va  tashkil etish bo`limiga qarashli  80-umumiy o`rta  ta’lim maktabining  8-sinf o`quvchisi  Qurbonova  Nozliyaning  
         o`qituvchisi .Xalilova    Matluba  telefon raqam 90/426  61 43

“Menig bobom va buvim- mahallamiz faxri”

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
“Menig bobom va buvim- mahallamiz faxri”
 
Reja :
 
1.     Mahalla- Vatan ichra Vatan
2.     Bir bolaga yetti mahalla ota-ona
3.     Mahalla – oila tinch-totuvligini, jipsligini mustahkamlaydi.
4.     Mustaqillik sharoiti tufaylimahallaning har tomonlama barkamolligini ta’minlash.
   Oila ko’z ochib ko’rgan dargoh bo’lsa mahalla Vatan ichidagi Vatandir.Zotan mahalla oiladan tashkil topadi.Farzandlar oila bag’rida kamol topganlari oila ham mahalla ichida ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi. Shunday mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, tog’day  tayanchidir.Xursandchilik  kunlari ham boshiga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo’lish xalqimizning muhim xususiyat sanaladi.Mahalla esa insonlar o’rtasidagi bunday birlik va hamjihatlikning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Mahalla shunday bir muqaddas dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do’st –birodar quvoch-u g’amlarida sherik, farzand tarbiyasida ahli mas’ul, yutuqlar ham, kamchiliklar ham mahalla ahliga baravar bo’lib tushadi.Shunnig uchun ham xalqimizda “Otang mahalla- onang mahalla” degan naql bejiz aytilmagan.Yurtboshimiz Islom Karimovning mahalla haqidagi fikrlari ayniqsa diqqatga sazovor:
         “Ma’lumki, asrlar mobaynida mahallalarda ko;pdan-ko’p hayotiy muammolar o’z yechimini topib keladi.To’y-marakalar ham,hayit-u hasharlar ham mahalla ahlisiz o’tmaydi.Mahallalarda siyosiy,iqtisodiy va boshqa masalarga doir jamoatchilik fikri shakllandi. Bu esa xalqimizning turmush tari ota bobolarimizdan bizga meros bo’lib kelayotgan tafakkur tarzidir.Binobarin, hayotninig o’zi mahallalarni rivojlantirish va ularni qo’llab –quvvatlashni taqozo etmoqda.Mamlakatimizda ko’p qirrali islohatlarb amalgam oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bolib xizmat qilishi lozim.”
         Mahalla- tarbiya maskani.Hududda o’satoygan har bir yigit-qizninig ahloq –odobi uchun butun mahalla axhi mas’ul.Chunki “Bir  bolaga yetti mahalla ota-ona” degan naql shundan.Yoshlarning har bir hatti-harakati barchaning diqqat markazida  bo’ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi ularni nazorat qilishi barkamol insonni tarbiyalab  yetishtirish negizi hisoblanadi.Xulq-odobi mahallada yurtga, dunyoga taniqli insonlar yetishib chiqsa butun mahalla ahli ularninig avlod –ajdodlari g’ururlanadilar.Mahalla erkin fikrlik asosida rivojlanadi.Har bir fuqaro u yerda o’tkaziladigan tadbirlar tashkiliy-tarbiyaviy ishlar yuzasidan fuqoro o’z nuqtai-nazari, qarashlari taklif va tavsiyalarini ochiq bildirish huquqiga ega.Erkin fikr mamlakatimizda amalgam oshirilayotgan demokratik islohotlarning ma’naviy poydevorini tashkil etadi.Yuqorida mahalla ma’naviy ahloqiy tarbiya yo’sinida bir-biriga maslahat berishlari ham har jihatdan foydalidir. Yuqorida mahalla ma’naviy axloqiy qadriyatlar o’chig’i ekaniga alohida urg’u bergan edik.Darhaqiqat, ma’naviy ahloqiy tarbiya mahallada shaklllanadi, yuksaladi va ravnaq topadi.Bu borada kattalar o’rnak, namuna va tashabbuskor bo’lishlari lozim.
          Mahalla--- oila tinch-totuvligini, jipsligini mustahkamlaydigan joy.Tabiiyki, oilada bazi arzimagan narsa tufayli  janjal chiqishi va bu haqda er yoki xotin mahalla qo’mitasiga murojaat etishi  mumkin.Bunday  holatda mahalla rahbarlari vazmin, chuqur mushohadali bo’lib, faqat yarashtirish yo’lidan borishlari kerak.Ko’pgina  mahallalarning  yoshlari  kechqurunlari tinch, osuda o’zaro tavoze bilan foydali suhbat qurayotganliklarini ko’rib, qalbing qunonchga to’ladi.Bunday go’zallik va nafosat mahalla faollari   ma’naviy  axloqiy tarbiyasinig natijasi.U mahalla ning ko’rki vaziynatidir.
         Mustaqillik sharoiti tufayli mahallalarning har tomonlama bar kamolligim ta’minlash masalasiga alohida e’ti bor berilmoqda.Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentininig 1992-yil 12-sentyabrdagi farmoniga ko’ra Respublika”Mahalla hayriya jamg’armasi faoliyatini tashkil etish qonuni kuchga  kirdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinning 1992-yil 17- oktyabrda respublika mahalla hayriya jamg’armasi faoliyatini tashkil masalalari to’grisida”gi 480-sonli qarori, 1992-yil 2- sentyabrda Oliy majlisning 1999-yil 14- aprelidagi XIV sessiyasidagi yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqorolarning o’zini-o’zi boshqarish  to’g’risida” gi  qonuni tufayli mahalaninig maqomi mustahkam huquqiy asosga ega bo;ladi.Bularning barchasi  fuqorolarning o’zini-o’zi boshqarish tizimiga bo‘lgan ishonchining namunasi bo‘lib mahalla bu tizimninig bir bo’g’ini katta mamlakat ichidagi kichik bir mamlakat, katta davlat ichra kichik davlatdir. Yurtboshimizning 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash” yili  deb e’lon qilishlari keksalar uchun bir bayramdek tuyuldi. “Keksalarni e’zozlash” davlat dasturi tufayli  joylarda tadbirlar o’tkazilmoqda.
 
 
 O’zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi tasarrufidagi 107- umumiy o’rta ta’lim maktab 8-“V” sinf o’quvchisi Ergashova Gulmiraning “Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri”
Mavzusida eng yaxshi insholar  tanlovi ”Ziyo Net” Resurs markaziga  Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: Shukurova Gulchexra
+998  91 955-12-65
 

Mening bobom, buvim mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
               Insho.                                  Mening  bobom, buvim  mahallamiz faxri.
                Rejo:
1.Mahallamiz  tarixi.
2.Men bobom va buvim bilan faxrlanaman.
3.Yangi  yilning  “Keksalarni e’zozlash yili” deb  nomlanishi.
4.Xulosa.
 Kattaga  hurmatda  bo`l, kichikka izzatda.
      Inson tug`ilgan,  voyaga  yetgan  xonadon, mahalla, qishloq  va  shahar esa Vatan  ichidagi  kichik vatandir. Bizning  mahallamiz  ko`rkam, xushmanzara hamda  juda chiroylidir. Bizning  mahallamiz “Miraki” deb nom  olgan. Mahallamizning  bunday  olishi  ota-bobolarimizning  aytishlariga  qaraganda,  bundan ancha  yil  oldin  Miroqil degan  inson  o`tgan ekan.Bu inson juda  mehnatkash, vatanparvar,o`z  xalqi uchun  jonini ham ayamaydigan  inson bo`lgan.              
        Kattadan-katta   hissalar   qo`shgan.(Miroqil  xalqqa  o`z   xizmatini  qo`shgan). Miroqil  vafot  etganlaridan  keyin  mana  shu mahhallaga  ularning  nomi  berilgan. Hozirda  esa  Miraki  deb  atalmoqda.
Mahalla aslida  arabcha  so`z  bo`lib, joy  degan  ma’noni  bildiradi  .Mahalla  odamlarning  birikib, jamoa  bo`lib  yasash  zaruratidan  kelib  chiqqan. Ajdodlarimiz  mahallaga  uyushib, yaxshi-yomon  kunlarda  hayotiy  muammolarni  birgalikda  hal  qilganda.Birgalikda ,ko`plashib  bajariladigan  ishlar  esa  hashar   deyilgan.
Bu  an’analar bugungi  kunda  yanada  rivojlanib  borayotganidan  xabardormiz, albatta. Mahalla  ana  shunday  an’analarni  asrab  kelayotgani  uchun  Prezidentimiz  uni  milliy  qadriyatlar  maskani  deb  ataydi va  quyidagilarni  ta’kidlaydi:”O`zaro mehr-oqibat, ahillik  va  totuvlik, ehtiyojmand, yordamga  muntoj  kimsalar  holidan  xabar  olish, yetim-yesirlarning  boshini  silash ,to`y-yesirlarning  hashar  va  ma’rakalarni  ko`pchilik  bilan  bamaslahat  o`tkazish, yaxshi  kunda  ham, yomon  kunda  ham  birga  bo`lish  kabi  xalqimizga  xos  urf-odat  va  an’analar  avvalambor   mahalla  muhitida  shakllangar  va  rivojlangan  Mamlakatimizda   2003-yil  “Obod  mahalla  yili” deb  e’lon  qilinadi.
                         Mahallam.
Chiroyli  har  tomoni,
Hur  va  ozod  zamoni,
Arimaydi  mehmoni,
Obod, go`zal  mahallam,
To`ylar  ulanib  to`yga,
Kuylar  ulanib  kuyga,
Bezak  berishar  uyga,
Obod, go`zal  mahallam.
Bobojonlar  jam bo`lib,
Buvijonlarim  kulib,
Bizlar  ham  mazza  qilib,
O`ynab  kulgan  mahallam.
   Men  bobom,buvim  bilan  doimo  faxrlanaman.  Nafaqat  men, balki  butun mahalla  bobom, buvim  bilan  faxrlanishadi. Bobomni   mahallada  hamma  inson  hurmat  qiladi.  Bobomning  mahallamizda bo`lib  o`tgan  obodonchilik  ishlarida  hissalari  kattadir.  Bizning   mahallamizda  qariyalar  ko`p  kishini  tashkil  qiladi. Mahalla  faollari, qo`ni-qo`shnilar  doimo  ularga  g`amxo`rlik  qilishadi .Mahallamizdagi  bironta  qariya  ham  ko`zdan  nari  qolmaydi. Buvim   qo`shnilaridan  hech   narsani  ayamaydilar.Buvim  giyohlar  bilan  shug`ulanadilar .Agar  bizning  yoki  qo`shnilarimizni   biror  joyi  og`rib  qolsa, bizga  turli  giyohlardan   damlama  qilib  beradilar. Qo`shnilarimiz  ham  doimo buvimdan  minnatdor  bo`ladilar .Bizning  oilamiz  ahil  va inoq.
      Yurtboshimiz  yangi  2015 –yilga “Keksalarni  e’zozlash  yili” deb  nom  berdilar .Mana  shu munosabat  bilan  yurtimizdagi  barcha  yoshi ulug` bobo, buvilarimizga  g`amxo`rlik  qilinmoqda.
Bepul  ko`riklar  tashkil  etilmoqda. Sanatoriyalarda  bepul  dam  olish  va  davolanishlar  joriy  etildi.Biz  doimo  keksalarimiz  asrab-avaylaylik, duolarini  olaylik.  Aytishadi-ku  oltin  olma  duo ol,duo  oltin emas – mu.Biz  kabi  yoshlar  ulardan  yordamimizni  ayamasligimiz, ularni  doimo  hurmat  qilishimiz  lozim. Ular  biz  uchun  doimo qadrli. O`zbek  xalqining  ajoyib  bir  maqoli  bor “Qari bilganni, pari  bilmas”. Haqiqatdan  ham, biz  keksalarimizdan  olam-olam  narsalarni  bilib  olishimiz  mumkin.
Bobo, buvilarimiz  bizlarga  ko`p  narsalarni  o`rgatadilar. Agar  biz  mana  shularni  qunt  bilan  o`rgansak, kelajakda, albatta, yurtimizga  foydamiz  tegadigan  insonlar  bo`lib  voyaga  yetamiz.
   Xulosa  o`rnida  shuni  aytish  joizki ,  keksalarimiz  bizga nasihat  berishadi, to`g`ri yo`l  ko`satishadi. Keksalarimiz  bizni  kelgusida  yetuk, barkamol  bo`lishimizni   xohlashadi. Mening  bobom  va  buvim  xalqqa o`z  hissalarini  qo`shib  kelmoqdalar. Men  ham  katta  bo`lib  ulg`ayganimda  bobom va  buvimga  o`xshagan  inson  bo`laman.
  Xalqqa  o`z  xizmatimni  qo`shaman.
 Qashqadaryo  viloyati  Shahrisabz  tuman   X TM FM TTEB  ga  qarashli 36-umumiy o`rta  ta’lim  maktabini  9-sinf  o`quvchisi  Niyozova  Sayyora Yusufali  qizining  Ziyo  NET Resurs   markazi  tomonidan  “Keksalarni  e’zozlash  yili “ munosabati  bilan  “Mening  bobom, buvim –mahhalamiz faxri” mavzusida  yozgan  inshosi.       
Fan o’qituvchisi Tursunova Rohila
Tel: 91-954-86-26
O’quvchi 91-224-57-59                                      
 
 
      

“Mening bobom va buvim mahallamiz faxriylari”

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Qahsqadaryo  viloyati
SHahrisabz  tumani
Miraki  shaharchasidagi
36- sonly maktabning
8 “A”- sinf o’quvchisi  Azizova
Sabinaning  “Mening bobom
va  buvim mahallamiz  faxriylari”
mavzusida  yozgan inshosi
                                     Insho 
“  Mening  bobom  va  buvim  — maxallamiz  faxri ”
Reja:
1.     Keksalik  -  donolik
2.     Bobom  va  buvim  maxallamiz  faxriylari.
3.     Bobom va  buvimning  nasihatlari
4.     Xulosa 
 Yosh  qancha  ishda  bo’lsin  ibratli
Ko’p  ko’rgan  keksaning  ishi  ibratli.
    Haqiqatdan  ham  keksalar  juda  dono  bo’lishadi. Chunki ,  ular  o’z  umrlari  davomida  ko’p  narsalarni  ko’rib  -  bilib  ,  kerakli  xulosalarni chiqaradilar. Xalqimiz  keksalarni  e’zozlab: “ Qarisi  bor  uyning  — farishtasi  bor  ”  ,  yoki 
“ Qari  bilganni  -  pari bilmas   ”  maqollarini  yaratgan. Bu  maqollarda  ulkan  ma’no  mujassamdir. Albatta  qarisi  uy  fayzli  bo’ladi, ular  o’z  maslahatlari  bilan biz  yoshlarni  to’g’ri  yo’lga  boshlaydilar. Biz  yoshlar  ularning  ularning  ibratlari va  nasihatlariga  doimo  amal  qilsak, xonadonomiz  nurga  to’ladi. Shoirimiz  Quddus Muhammadiy   “ Aziz  bobom ” she’rida  qariyalarni: 
Bir  aziz  bobom  bor  dunyoda  tanho ,
Xushtabiat , xushqomat, muloyim, dono,
Ko’nglining  kengligi  yer, kurra  osmon.
Ko’zlari  nuroniy  oynai  jahon deb  maqtanadilar.
      Inson  hayoti  bamisoli  aylanuvchi  charxpalakka o’xshaydi. U- bugun  bola, so’ngra ulg’ayib  ota-  ona keyin  esa bobo yoki  buvi bo’ladi. Shuning  uchun  ham  biz  doimo  keksalarimizni  e’zozlashimiz  kerak. Prezidentimiz  tashabbuslari  bilan  bu  yil  ham  “ Keksalarni e’zozlash  yili  ” deb  talashi  bunga  yaqqol misol  bo’la  oladi.
   Mening  ham bobom  va  buvim  bor. ular  meni  judayam  yaxshi  korishadi. Turgan  gapki  men  ham ularni  juda  yaxshi  koraman. Mening   bobom  va  buvim  mahalla  faxriylari. Bobom  juda  ko’p  yillar  davomida  shifokor  bo’lib  ishlaganlar. Shifokorlik  kasbi  qanchalik  mashaqqatli  ekanini  hammamiz  bilamiz .  Yuzlab  jarrohlik  operatsiyalarini  qilganlar. Shu  bilan  u  kishi  insonlar  hayotini  saqlashga  o’zlarining kichik  hissalarini  qo’shganlar  desak  mubolag’a  bolmaydi. U  kishi  hozir  nafaqadalar. El  ichida  hali  ham  u  kishining  nomlari  ulug’. Mahallamizning    faxrli  keksa  oqsoqollaridan  hisoblanadilar.
 
 
Xulosa  qilib  shuni  aytishimiz  mumkinki biz  yoshlar  na  shunday  shijoatli, g’ayratli  keksa  bobo  va  buvilarimizdan  ibrat  olishimiz  ularning   har-bir  pand  nasihatlariga  amal  qilishimiz  lozim. Zeroki  har  bir  bobo  va  buvijonlarimiz  bizni   hayotda  qoqilmaslikka , guzal  xulq, chiroyli  odob  axloqqa  o’rgatadilar
 

Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri .

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom vabuvim – mahallamiz faxri. Qarisi bor uyning ,parisi bor.(Xalq hikmati ) Reja: 1.Keksalari bor yurt – boy yurt. 2. Mahallamiz faxriylari haqida. 3. Bobom va buvim mening faxrimdir. 4. Keksalar – yurt tayanchi. 5. Biz buyuklar avlodimiz. Bizning yurtimizda azal-azaldan keksalar e`zozlanib kelinadi. Keksalarimiz bor ekan, yurtimiz gullab-yashnayveradi. Ularning duolari tufayli biz yoshlar ko`p yutuqlarga erishib kelmoqdamiz. Ulaning duolari biz yoshlar uchun oltindan ham qimmatliroqdir. Keksalarimiz doim bizlarga hikmatli so`zlari, o`gitlari bilan ko`pdan-ko`p bilim va axloqdan saboq beradilar. Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2015-yil “Keksalarni e`zozlash yili”deb e`lon qilindi.Bu qarorga binoan keksalarimizga yanada ko`proq shart-sharoitlar yaratib berildi. Ularni mustaqil yurtimizda doimo sog`-salomat yurishlari uchun dam olish maskanlariga bepul yo`llanmalar berilmoqda. Keksalarimiz bunday e`tibordan ko`ngillari tog`dek ko`tarildi. Ularning sog`ligi bizning baxtimizdir. Zeroki, keksalarimiz bizlarni doimo yaxshiliksari chorlaydilar. Keksalari bor yurtni Boy yurt deb ataydilar. Ularning har so`zini Olmasdan qolmaydilar.

“Mening bobom , buvim - mahallamiz faxri”

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
“Mening bobom, buvim — mahallamiz faxri”
Reja :
1.”Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi va bizning mahallamiz.
2.Yoshi ulug’ kishilar mahallamiz faxri.
3. Qarisi bor uyning parisi bor.
2015- yilning “Keksalarni e’zozlash yili ” deb e’lon qilinishi yoshi ulug’ otaxon-u onalarimizga, boquvchisidan mahrum bo’lgan keksalarimizga ikkinchi jahon urushi faxriylariga katta imkoniyatlar yaratib bermoqda.Bu davlat dasturi asosida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.Keksalarni e’zozlash yili davlat dasturi va fondning 2015- yilga mo’ljallangan ish rejasi asosida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri Reja: 1. Bobojonim hayotlari va ijodlarining e’tiborga loyiq jihatlari. 2. Buvijonimning hayot yo’llari. 3. Bobojonim va buvijonimning mahalladagi o’rnilari. 4. Xulosa. Xalq ma’naviyati shunday bir buyuk ummonki, har qaysi avlod undan kuch – qudrat, g’ayrat va ilhom olib, o’zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanini namoyon etadi. (I.A.Karimov)

“Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri”.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
“Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri”. Reja: 1. Bobom va buvim – xonadonimiz ko’rki. 2. Bobom va buvimning ibratli nasihatlari. 3. Keksalаrni e’zozlash – biz yoshlarning burchimiz. Bobom, buvim – oftobim, Osmondagi mohtobim. Sog’inaman- da har on, Baxtimga bo’lsinlar omon. Har bir o’zbek xonadonida oila ko’rki bo’lmish – qariyalar, nuroniy bobo- buvilar bo’ladi. Qarisi bor uyning fayzli, obodligining siri ham shunda. O’zbek xalqida shunday maqol bor: ”Qarisi bor uyning – parisi bor”. Mana shu maqol zamirida ham qanchadan-qancha ma’no-mazmun yashiringan. Qarisi bor uyga kirar ekanmiz, xonadonda o’zgacha bir tarovat, o’zgacha bir go’zallikni ko’ramiz. Qarisi bor uyda doimo xursandchilik, totuvlik va hamjihatlik bo’ladi. Bobojonlarimiz hech qachon mehnatdan qochmaydilar. Chunki ular qiyinchilikni, yo’qchilikni ko’rgan odamlar. Bobolarimiz doimo biror yerni obod qilishga, bir tup ko’chat ekib, mana shu ko’chatdan olingan hosilni farzandlariga, nevara-yu, evaralariga ulashgilari keladi. Buvijonlarimiz esa doimo xonadonimizni obod qilib, turli xil gullar, xushbo’y rayhonlar ekishadi. Ularni parvarish qilishadi. Qiz nabiralariga gul o’stirishni, xonadonni toza va ozoda saqlashni o’rgatishadi. Mening bobom va buvim ham uzoq yillardan buyon birga yashab xonadonimzni, mahallamizni obod qilib kelmoqdalar.

Mening bobom kim?

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Har bir o’zbek xonadonida oila ko’rki bo’lmish – qariyalar, nuroniy bobo- buvilar bo’ladi. Qarisi bor uyning fayzli, obodligining siri ham shunda. O’zbek xalqida shunday maqol bor: